Italiya qum o‘g‘irlagan sayyohlarni ayovsiz jazolayapti
Qariyb ikki kilogramm mahalliy qumni olib Sardiniyadan uchib ketishga uringan fransiyalik sayyoh ming yevro jarimaga tortildi, deya xabar berdi CTV News.
Orolning o‘rmon qo‘riqchilari sayohatchidan bir shisha qumni musodara qilishgan. Bir yil ichida bunday o‘g‘irliklar juda ko‘p sodir etiladi.
2017-yilda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Sardiniya plyajlaridan qum olib chiqib ketish noqonuniy hisoblanadi. Qumning qayerdan «o‘g‘irlangani» va miqdoriga qarab 500 dan 3000 yevrogacha jarima solinadi. Ayniqsa, rangli, pushti yoki oppoq qumli plyajlar alohida nazoratga olingan.
Hatto, o‘tgan yili qumni suvenir sifatida sotgan sayt ham fosh etildi.
Ekspertlarning aniqlashicha, o‘tgan uch yil davomida nazorat o‘ta kuchaytirilgan.
Plyajlarni politsiya nazorat qiladi. Sayyohlarning qum o‘g‘irlayotganini ko‘rgan oddiy fuqarolar ham hukumatga murojaat qilishyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter