It va mushuklar uch oyligidan ro‘yxatga olinadi
«Hayvonlarni identifikatsiya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatga ko‘ra, qoramol, qo‘y va echkilar, tuyalarning bolalari tug‘ilganidan o‘n to‘rt kundan keyin bir oylikdan kechikmasdan, qulunlar va xo‘tiklar to‘rt oyligidan, cho‘chqa bolalari bir oyligidan, it va mushuklar uch oyligidan identifikatsiya qilinadi.
Sirk va hayvonot bog‘i hayvonlari foydalanishga olinishidan oldin, shuningdek muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar bosqichma bosqich ro‘yxatga olinadi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish davlat veterinariya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- belgilangan tartibda hayvonlarga individual raqam berish;
- elektron axborot tizimiga hayvonlar identifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
- veterinariya pasportini rasmiylashtirish.
So‘yish maqsadida import qilingan hayvonlar identifikatsiya qilinmaydi. Ushbu hayvonlar keltirilgan vaqtdan boshlab yetti kalendar kunida so‘yilishi shart.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter