Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-Park uchun 4,5 million dollar grant ajratiladi

IT-Park uchun 4,5 million dollar grant ajratiladi

Foto: MITC

Seul shahriga tashrif bilan borgan AKT vaziri Sherzod Shermatov bugun, 16 dekabr kuni Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi prezidenti o‘rinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida axborot texnologiyalari va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, startap ekotizimini va axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish bo‘yicha Koreya texnoparklari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasining Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT-Park) «O‘zbekistonda IT-Parkning barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish» loyihasi bo‘yicha bir qator muhokamalar o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ushbu loyiha bo‘yicha KOICA va IT-Park o‘rtasida muhokama bayoni imzolandi.

Unga asosan KOICA O‘zbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga 4,5 mln dollar grant ajratadi.

***

AKT vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasi Davlat boshqaruv va xavfsizligi vaziri Ko Kyuchang bilan ham uchrashdi.

Muzokara doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sohalarida birgalikda loyihalarni amalga oshirish, davlat organlarining ochiqligini oshirishga kelishildi.

Bundan tashqari, rezidentlar negizida autsorsing IT-xizmatlarini tashkil etish maqsadida IT-Park bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring