Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Kalkulyator» dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblashni bilasizmi?

IT-maslahat. «Kalkulyator» dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblashni bilasizmi?

Foto: «pixabay.com»

«Windows» operatsion tizimi tarkibida o‘rnatiladigan «Kalkulyator» dasturidan ko‘pchilik foydalanuvchilar asosan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanishadi:

Ushbu dasturda qo‘shimcha tarzda ikki sana oralig‘ini ko‘rsatgan holda, ushbu sanalarning necha yil, oy, hafta va kunga farq qilishini yoki ma’lum bir yil, oy, kunni ko‘rsatgan holda, ma’lum bir sanaga nisbatan buni qo‘shish yoki ayirish orqali qanday sanaga mos kelishini aniqlash mumkin. «IT-specialist» kanali quyida shu haqda batafsil ma’lumot beradi.

«Kalkulyator» dasturini ishga tushirish uchun Win+R tugmalar birikmasini bosing:

Ochilgan «Выполнить» (Run) oynasiga «calc» so‘zini kiriting va OK tugmasini yoki Enter klavishini bosing:

Dastur ishga tushganidan so‘ng CTRL+E tugmalar birikmasini bosing. «Kalkulyator» oynasi kengayib, quyidagi ko‘rinishga keladi:

1) «Вычисление интервала между двумя датами» ro‘yxatda tanlangan holatda ikki ixtiyoriy sana oralig‘ini kiritamiz va «Вычислить» tugmasini bosamiz:

Natijasi quyidagicha bo‘ladi:

2) «Добавление или вычитание дней для указанной даты» ro‘yxatda tanlangan holatda ixtiyoriy sanani kiritib «Добавить» yoki «Вычесть»ni tanlagan holda yil, oy, kunni kiritamiz va «Вычислить» tugmasini bosamiz:

Natijasi quyidagicha bo‘ladi:

«Kalkulyator»ni oldingi holatga qaytarish uchun CTRL+F4 tugmalar birikmasini bosamiz. «Вид» menyusini tanlaganimizda «Kalkulyator»ning qolgan ko‘rinishlarini va ular uchun belgilangan klavishlar birikmasini ko‘rish mumkin:

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring