Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’molchilar ko‘proq qaysi sohalar yuzasidan shikoyat yo‘llashmoqda?

Iste’molchilar ko‘proq qaysi sohalar yuzasidan shikoyat yo‘llashmoqda?

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2021-yilning 1-choragida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 2889 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur ariza va shikoyatlarning 2674 tasi ya’ni, 92,6 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 6 038 398 926 (olti milliard o‘ttiz sakkiz million uch yuz to‘qson sakkiz ming to‘qqiz yuz yigirma olti) so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

Federatsiya tomonidan, iste’molchilardan tushgan 14 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 179 209 094 (bir yuz yetmish to‘qqiz million ikki yuz to‘qqiz ming to‘qson to‘rt) so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Iste’molchilarning huquqlari qaysi sohada ko‘proq buzildi?

Murojaatlarning 1109 tasi (38,4 foiz) savdo sohasiga;
357 tasi (12,4 foiz) gaz ta’minoti sohasiga;
338 tasi (11,7 foiz) elektr ta’minoti sohasiga;
145 tasi (5,0 foiz) suv ta’minoti sohasiga;
109 tasi (3,8 foiz) kommunal xizmat sohasiga;
31 tasi (1,1 foiz) sog‘liqni saqlash sohasiga;
247 tasi (8,5 foiz) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga;
113 tasi (3,9 foiz) transport sohasiga;
323 tasi (11,2 foiz) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring