Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilning Eronga qarshi amaliyoti qancha davom etadi?

Isroilning Eronga qarshi amaliyoti qancha davom etadi?

Isroil ikki hafta davomida Eronda operatsiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Wall Street Journal xabar bermoqda

Mamlakat yuqori martabali mulozimining WSJ nashriga aytishicha, Isroilning Eron yadroviy inshootlariga qarshi operatsiyasi tugallanmagan, chunki mamlakat rahbariyati buni 14 kunga rejalashtirgan. 

WSJ ta’kidlaganidek, bu vaqt oralig‘i tahlilchilarning prognozlariga mos keladi, chunki bir kunda bir zarba to‘lqini Eron yadroviy dasturiga yetarli darajada zarar yetkaza olmaydi. Bundan tashqari, Isroil Eronning ob’yektlari, rahbariyati va arsenaliga bir vaqtning o‘zida zarba berish va shu bilan javob zarbasi ehtimolini cheklash uchun Eronda keng qamrovli harakat qilmoqda. 

Isroil bu yondashuvni Livanda, 2024-yilning kuzida, eronparast Hizbulloh guruhining qurollari va infratuzilmasini yo‘q qilganda, shuningdek, rahbariyatini ham yo‘q qilganda qo‘llagan. 

Ismi oshkor etilmagan rasmiy WSJ bilan suhbatda aytganidek, Eron bilan hozirgi mojaro xuddi shu tarzda yakunlanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring