Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil va Falastin o‘rtasida qanday holatda tinchlik bo‘lishi aytildi

Isroil va Falastin o‘rtasida qanday holatda tinchlik bo‘lishi aytildi

Misr prezidentligiga nomzod, liberal «Vafd» partiyasi rahbari Abdul Sanad Yamama «RIA Novosti»ga bergan intervyusida, agar Falastin davlatini tuzish g‘oyasi amalga oshirilmasa, Isroil hech qachon tinchlikda yashamasligini aytdi.

«1967-yil 4-noyabrdagi chegaralarda ikki davlat qaroriga asoslangan siyosiy yechim amalga oshirilmasa, Isroil hech qachon tinchlik ko‘rmaydi, Falastin zaminida ular uchun hayot bo‘lmaydi», dedi u.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Isroil «tarixni o‘qishi» kerak. Shunda bu mamlakat Falastin xalqining o‘z yerlari borligini tushunadi. Yamama fikricha, Isroilning o‘zi ikki davlat yechimini amalga oshirishi kerak.

U, shuningdek, Isroilning falastinliklarni Sinay yarim oroliga joylashtirish haqidagi chaqiriqlari haqida gapirdi. Siyosatchining ta’kidlashicha, bu «Misr va Isroil o‘rtasida dushmanlikka olib kelishi mumkin».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring