Isroil sobiq bosh vaziri o‘z mamlakati va Netanyahuni harbiy jinoyatlarda aybladi

Isroilning sobiq bosh vaziri 79 yoshli Ehud Olmert o‘z mamlakati va Netanyahuni harbiy jinoyatlarda aybladi. U Isroil hukumatining xatti-harakatlarini boshqa oqlab bo‘lmasligini ta’kidlab, urush bir yil oldin tugashi kerak edi, dedi.
«Bu harbiy jinoyat bo‘lmasa, unda nima?» — dedi Ehud Olmert 28-may kuni AQShning CNN telekanaliga bergan intervyusida. Uning fikricha, Binyamin Netanyahu va vazirlar tomonidan sodir etilayotgan harakatlarni boshqacha ifodalash mumkin emas.
London Isroilga qarshi qo‘llagan qattiq choralari fonida Britaniyaning BBC telekanaliga bergan intervyusida esa Olmert shunday degan: «Isroil hozir G‘azoda qilayotgan ishlar harbiy jinoyatga yaqinlashmoqda. Urushning «haqiqiy basharasi» — bu ko‘plab halok bo‘lgan isroillik askarlar bilan bir qatorda minglab begunoh falastinliklarning o‘ldirilishidir».
«Mutlaqo oqlab bo‘lmaydigan va hozirgi bosqichda Isroilning muhim manfaatlariga xizmat qilmaydigan harbiy amaliyotning kengayishidan G‘azoning bironta ham tinch aholisi jabr ko‘rmasligini kafolatlashimiz shart», — dedi Olmert.
U AQSh prezidenti Donald Tramp urushga chek qo‘yishiga umid bildirdi.
«Bosh vazir (Netanyahu)ni ko‘zini kattaroq ochishga, uning hukumati qilayotgan ishlarning jirkanch tomonlarini ko‘rishga majbur qila oladigan yagona odam Tramp bo‘lishi mumkin», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter