Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azo va Misrni devor bilan ajratmoqchi

Isroil G‘azo va Misrni devor bilan ajratmoqchi

Foto: DW

Isroil hukumati G‘azo sektori va Misrni ajratib turgan chegara bo‘ylab devor qurmoqchi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

Shu tariqa Isroil harbiylari chegara bo‘ylab nazoratni o‘z qo‘llariga olmoqchi.


G‘azo sektori va Misr chegarasining uzunligi — 20 kilometr, Filadelfiya yo‘lagi, deb ham ataladi. 2005-yilda Isroil armiyasi (SAXAL) Filadelfiya yo‘lagidan chiqarilib, chegara nazoratini Misrga topshirgan. 2024-yilning may oyida SAXAL «Temir qilichlar» harbiy operatsiyasi davomida Rafahga hujumi payti yo‘lakni qayta egallagan.

1995-yildagi Oslo kelishuvlaridan so‘ng Isroilga xavfsizlik yo‘lagini saqlashga ruxsat etilgan. Isroil 2005-yilda G‘azo sektoridan chiqib ketgach, Misr bilan Filadelfiya kelishuvi imzolangan. Unga ko‘ra, Misr yo‘lakning o‘z hududi tomoni bo‘ylab 750 nafargacha chegarachini joylashtirish huquqiga ega bo‘lgan. Chegaraning Falastin tomoni esa, HAMAS 2007-yilda hukumatni egallashiga qadar, Falastin muxtoriyati tomonidan nazorat qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring