Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Brazilya prezidentini «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi

Isroil Brazilya prezidentini «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Braziliya prezidenti Lula da Silvani «persona non grata», ya’ni «nomaqbul shaxs» deb e’lon qildi.

Braziliya yetakchisi G‘azo sektoriga qilinayotgan qurolli hujumlarni xolokostga qiyoslagan edi.

«G‘azo sektorida falastin aholisi bilan sodir bo‘layotgan voqealar tarixda bo‘lmagan. Aniqrog‘i bu avval Gitlerning yahudiylarni qirg‘in qilishga qaror qilganida sodir bo‘lgan», – degan edi Lula da Silva.

Shundan so‘ng mamlakatning Isroildagi elchisi TIVga chaqirtirildi.

Shu bilan birga, Braziliya yetakchisinin gaplarini Isroil Bosh vaziri «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqiga ziyon etkazishga urinish», Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant «g‘azabli va jirkanch» hamda Isroil prezidenti Isaak Gersog «tarixni axloqsiz buzib ko‘rsatish» deb atadi.

Lula da Silva, shuningdek, o‘z mamlakati BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligiga (UNRWA) to‘lovlarni oshirishini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring