Isrofgarchilikka chek qo‘yish yo‘li topildi
Yevropa mamlakatlarida har yili milliardlab kilogramm oziq-ovqat chiqindiga tashlab yuborilyapti.
«Germania.one» xabar berishicha, oziq-ovqat isrofgarchiligiga jamoatchilik e’tiborini tortish maqsadida Germaniyadagi ayrim restoran va kafelar ovqatini oxirigacha yemagan mijozlar uchun qo‘shimcha to‘lov joriy etishdi.
Shtutgartdagi «Yuoki» restoran xo‘jayini Goyyu Luanning aytishicha, odamlar o‘z xohish va imkoniyatlariga oqilona baho berishlari kerak. «Yuoko» restorani saytida har bir oxirigacha yeyilmagan taom uchun 1-2 yevro jarima borligi haqida ogohlantiruv joylashtirilgan. Chunki oziq-ovqat yetishtirish uchun mlrd.kub metr suv, inson mehnati, o‘g‘it va boshqa resurslar sarf bo‘ladi. Isrof qilingan ovqat esa chiqindixonaga ketadi. Bu jarimalar xayriyaga ishlatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter