Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada 9 millionga yaqin odam qurg‘oqchilik tufayli suv cheklovlariga duch kelmoqda

Ispaniyada 9 millionga yaqin odam qurg‘oqchilik tufayli suv cheklovlariga duch kelmoqda

Ispaniyada 8,7 milliondan ortiq kishi suv cheklovlariga duch kelmoqda. Mahalliy hokimiyat ularni qurg‘oqchilik tufayli ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda «El Pais» gazetasiga tayanib «TASS» xabar bermoqda.

Taqiqlardan eng ko‘p Kataloniya va Andalusiya axolisi jabr ko‘rmoqda. Yil davomida mamlakatdagi suv omborlari atigi 42 foizga to‘lgan.

Kataloniyaning 495 ta munitsipalitet(o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar yoki qishloq)ida turli cheklovlar mavjud, 4 ta joyda favqulodda holat joriy etilgan. Shuningdek, mintaqada mashinalarni yuvish, bog‘larni sug‘orish taqiqlangan.

Andalusiya Muxtoriyatida ham yog‘ingarchilikning yetishmasligi oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, 40 ga yaqin munitsipalitetlarda ma’lum soatlarda suv ta’minoti o‘chiriladi. Shuningdek, Malaga kurortida plyajdagi dushlarda suv o‘chirilgan.

Turli cheklovlar Aragon, Balear orollari, Galisiya va Estremadura avtonom hududlarida ham qo‘llanilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring