Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada 105 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Ispaniyada 105 yoshli ayol koronavirusdan tuzaldi

Foto: «Elmundo.es»

Ispaniyada COVID-19 ga chalingan 105 yoshli ayol Merida shahar shifoxonasidan tuzalib chiqdi, deb yozadi mahalliy «Hoy» gazetasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Evarista Rubio Galan koronavirus tufayli kelib chiqqan isitma va nafas muammosi bilan qariyalar uyidan shifoxonaga yetkazilgan. Payshanba kuni bemor shifoxonadan chiqdi. Ayol muassasada jami uch kun yotgan. Shifoxonada ketishiga ruxsat berishdan oldin undan koronavirusga yana bir bor tahlil  olishgan: javobi manfiy chiqqan.

«Biz uni oxirgi marta 8-mart kuni yo‘qlaganmiz. 9-aprel kuni uning COVID-19 ga tahlil natijalari musbat chiqqanligini ma’lum qilishdi. Lekin qariyalar uyida qolsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan qarorga kelishgan. Lekin uning ahvoli yomonlashgan. Isitmasi chiqqan, nafas olishga qiynalgan... Uni shifoxonaga olib borishgan», — deydi jiyani Antonio Martin.

Jiyani «ayolning hayoti — kurash namunasi» ekanligini ta’kidlaydi.

«U tug‘ma jangchi. Bu shunchaki mo‘’jiza», — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Nashrning ma’lum qilishicha, Evarista Rubio Galanning 6 ta farzandi, 16 ta nevarasi va 8 ta evarasi bor. Iyulda u o‘zining 106 yoshini nishonlamoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada 188 ming kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 19 478 nafari vafot etishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring