Ispaniya politsiyasi banan solingan qutilar ichidan 9 tonna kokain topdi
Ispaniya politsiyasi yuk kemasida banan solingan qutilar ichiga yashiringan 9 tonna kokainni aniqladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, yukning qiymati 9 milliard yevroga baholanmoqda. Banan ichiga berkitilgan kokain olib kelgan kema Kolumbiyadan Alxesiras portiga kelgan.
Ispaniya ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido ushbu ish yuzasidan 6 kishi gumondor sifatida hibsga olinganini ma’lum qilgan.
2017-yilning dekabr oyida amerikalik harbiylar Tinch okeanida o‘tkazilgan narkotrafikka qarshi amaliyot paytida kokain qoplari orasiga kirib qolgan dengiz toshbaqasini qutqarib olgan edilar. O‘sha paytda qo‘lga kiritilgan kokainning bahosi 57 million dollar sifatida baholangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter