Ispaniya basketbolchilari muxlislardan tiz cho‘kib kechirim so‘rashdi
2017 yildan beri Ispaniya chempionati oliy divizionida o‘ynab kelgan «Burgos» joriy mavsumning so‘nggi o‘yinida «Fuenlabrade»ga 66:83 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yib, quyi ligaga tushib ketdi.
O‘yindan so‘ng klub rahbari Feliks Sancho basketbolchilarni muxlislardan tiz cho‘kib kechirim so‘rashga majbur qildi.
«Biz ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik. O‘zimdan, jamoadan va qilgan ishlarimizdan hafsalam pir bo‘ldi», — dedi jamoa sardori Xaver Rabaseda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter