Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islomshunoslikda Oksford bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Islomshunoslikda Oksford bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Foto: «University of Oxford»

Jahonning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan hisoblanmish Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi (Oxford Centre for Islamic Studies — OCIS) O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida o‘zining «OCIS News» portalida e’lon qildi. Bu haqda «Jahon» AA xabar berdi.

2017-yilning dekabr oyida Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy O‘zbekistonda bo‘lgan edi. Tashrif davomida olimni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov qabul qilgan. Mutaxassis, shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik aloqalarini muhokama qilgan, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolangan edi.

«OCIS News» maqolasida yozilishicha, O‘zbekistonga tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat olimlari tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, mutaxassislar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi, xalqaro seminar va konferensiyalar tashkil etiladi hamda ilmiy adabiyotlar nashr etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring