Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonga 40 mln dollar grant ajratadi

Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston xalq ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun 40 million dollarlik grant ajratadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning ma’lum qilishicha, ushbu loyiha doirasida 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi.
Ta’lim muassasalarini zamonaviy jihozlash, o‘qituvchilar malakasini oshirish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va maktabgacha ta’lim sifati oshirilishi rejalashtirilgan.
Vazirning Islom taraqqiyoti banki rahbari bilan uchrashuvi natijasida Global Partnership for Education (GPE) tomonidan ta’lim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari esa quyidagicha:
- respublikamiz bo‘yicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
- maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
- o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar;
- inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
- o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
- maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter