Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Islom bilim yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

Islom bilim yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tadigan sana e’lon qilindi.

DTMning xabar berishicha, Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2022-yil 23-avgust kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 08:00 da boshlanadi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 07:00dan kechikmagan holda kelishlari so‘ralmoqda.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma esa talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring