Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishsiz aholiga yerni ijaraga bergan klaster va fermerlar yer solig‘idan ozod qilinadi

Ishsiz aholiga yerni ijaraga bergan klaster va fermerlar yer solig‘idan ozod qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, chorva, parranda va baliq mahsulotlarini ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda g‘alladan bo‘shagan yerdan foydalanish tartibi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yildan e’tiboran g‘alladan bo‘shaydigan yerlarning 800 ming gektari ishsiz aholiga bozorbop takroriy ekin ekish uchun beriladi. Ishsiz aholi va yoshlarga yerni ijaraga bergan klaster hamda fermerlar ushbu yer maydoni uchun soliqdan ozod qilinadi.

Shu orqali qariyb 1,5 million aholini mavsumiy ish bilan ta’minlab, daromadli qilish mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring