2018-yil 1-yanvardan ishlovchi shifokor-pensionerlarga nafaqa to‘liq to‘lanadi

O‘zbekistonda 2018-yil 1-yanvaridan tibbiyot muassasalarida ishlayotgan shifokor-pensionerlarga nafaqasini to‘liq hajmda oladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorda so‘z boradi. Qaror matni O‘zA rasmiy saytida e’lon qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, ishlovchi shifokor-pensionerlarga nafaqa to‘lashda ular ishlayotgan tibbiyot muassasasining mulkchilik shakli hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. U xoh davlat, xoh nodavlat tibbiyot muassasi bo‘lsin, mazkur majburiyatni bajarishga majbur.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda qayd etilishicha, qabul qilingan qaror qishloqlarda va olis tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter