Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishga mast holatda kelgan metropoliten xodimlari jazolandi

Ishga mast holatda kelgan metropoliten xodimlari jazolandi

Foto: Xabar.uz

Toshkentda ishga mast holatda kelgan metropoliten xodimlari intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati ma’lumot bergan.

Qayd etilishicha, shu kuni Toshkent metropolitenining Sergeli-1 bekatida tungi navbatchilikni qabul qilish vaqtida bekat navbatchisi M.M. va farrosh M.S. ish joyiga spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda kelgan. Vaziyatga aniqlik kiritilishicha, M.M hamda katta operator G.I. farrosh M.S.ning tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida ish vaqtidan avval kafega borgan va M.M. va M.S. spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bu hol o‘z tasdig‘ini topgan.

Mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi uchun M.M. va M.S. bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan. Katta operator G.I. esa M.M. va M.S. spirtli ichimlik iste’mol qilib ish joyiga kelgani, bu holat metropolitenda harakat xavfsizligiga raxna solishi va fojia bilan tugashi mumkinligini bila turib, rahbariyatga ma’lum qilmagani uchun unga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring