Isfahon va Fordo yadroviy obyektlari talafot ko‘rmadi — MAGATE

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma’lumotiga ko‘ra, Fordo uranni boyitish korxonasi va Isfahondagi yadroviy obyekt Isroil zarbalaridan talafot ko‘rmagan.
MAGATE Erondagi o‘ta tashvishli vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va radiatsiya darajasi bo‘yicha Eron hukumati va mamlakatdagi inspektorlar bilan aloqada bo‘lib turibdi, deb bayonot berdi agentlik.
Nishonlardan biriga aylangan Natanzdagi obyektda radiatsiya darajasi oshishi kuzatilmagani haqida eronlik rasmiylar agentlikka ma’lum qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter