Irlandlar millionta sigirni o‘ldirishiga to‘g‘ri keladi: chunki ular kavsh qaytaradi
Qishloq xo‘jaligi sanoatiga qattiq bog‘lanib qolgan Irlandiya sayyorani xavfli gazdan qutqarish uchun keskin choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi. Mamlakatda metan chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun 1,3 million bosh qoramol so‘yiladi, deb yozadi The Guardian.
Iqlimga ta’sirni kamaytirish uchun sigirlarni o‘ldirish zaruratini Irish Farmers Journal haftanomasi tomonidan buyurtma berilgan tadqiqotda auditorlik firmasi tahlilchilari ma’lum qilishdi.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Irlandiyada zararli chiqindilarning 35 foizi qishloq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu Yevropadagi o‘rtacha 11 foizni hisobga olgan holda yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, sektor emissiyasining yarmidan ko‘pi (60 foizi) go‘ngdan va kavsh qaytaruvchi hayvonlar kekirganda ajraladigan xavfli metan gazidir.
Irlandiya 2030-yilga kelib metan emissiyasini 2020-yilgi darajasidan 30 foizga kamaytirish bo‘yicha global majburiyatga qo‘shildi. Mamlakat hukumati, shuningdek, 2030-yilgacha karbonat angidrid bilan ifloslanish darajasini 50 foizga qisqartirishga va’da berdi va 4-noyabr kuni barcha sanoatlarni karbonsizlantirish strategiyasini taqdim etadi.
KPMG tahlilchilari bir nechta mumkin bo‘lgan ssenariylarni ko‘rib chiqdilar va agar hukumat qishloq xo‘jaligi sektori uchun chiqindilarni 30 foizga qisqartirishni maqsad qilsa, Irlandiya iqtisodiyoti 4 milliard yevro va 56 ming ish o‘rinlarini yo‘qotishini taxmin qilishdi. Bunga erishish uchun qoramolning 20 foizidan qutulish kerak – 6,5 million sigirning 1,3 millionini so‘yish kerak bo‘ladi. Agar emissiyani qisqartirish bo‘yicha maqsad 21 foiz bo‘lsa, podaning 5 foizi yoki 325 ming jonivorni o‘ldirishga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter