Irlandiyalik erkak juda ko‘p suv ichish oqibatida vafot etdi

Dublin (Irlandiya)da yashovchi 59 yoshli erkak juda ko‘p suv ichish oqibatida vafot etdi, deb xabar berdi Daily Mail.
Shon O‘Donnell o‘limga olib keluvchi «suvdan zaharlanish» qurboni bo‘ldi — shifokor maslahatiga kirib, juda ko‘p miqdorda suyuqlik iste’mol qilgan.
Mutaxassislar ogohlantirishadi: 1 soatda 1,4 litrdan ko‘p suv ichish mumkin emas. Aks holda organizmdagi kimyoviy muvozanat buziladi, natriy darajasi tushib ketadi, miya shishishi va komagacha olib kelishi mumkin.
Har yili suvga bo‘kish oqibatida 1-4 nafar odam jon beradi. Mish-mishlarga ko‘ra, afsonaviy Bryus Li shu tarzda halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter