Irkutskda harbiy samolyot turarjoy binosi ustiga quladi (video)
Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev Telegram sahifasida shahardagi turar-joy binosiga harbiy samolyot qulagani haqida xabar qildi.
Unga ko‘ra, SU-30 samolyoti Prjevalskiy ko‘chasida joylashgan ikki qavatli uy ustiga qulagan. Kobzev voqea joyiga yetib borgan, Favqulodda xizmatlar allaqachon voqea joyida ishlamoqda.
Gubernator qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini aytgan, ammo samolyotdagi ikki uchuvchi halok bo‘lgani haqida OAVlar xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-oktyabr kuni Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida ham harbiy samolyot turarjoy binosiga qulagandi. Natijada 13 kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter