Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga boshliq tayinlandi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-yanvardagi Farmoniga asosan Rahimov Dilshod Faxriyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

D.Rahimov 1978-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentda boshlab, Departament organlarida turli lavozimlarda, 2012-yildan Bosh prokuratura bo‘lim prokurori, katta prokurori, boshqarma katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring