«Ipoteka-bank» Samarqand filiali murojaatlar yuzasidan qabul o‘tkazdi
«Ipoteka-bank» ATIB Samarqand viloyat filiali rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari buyicha qabul o‘tkazildi.
Tadbirga filial boshqaruvchisining o‘rinbosari O‘lmas Norov rahbarlik qildi.
Unda jismoniy va yuridik shaxslar, bankning malakali mutaxassislaridan iborat guruh qatnashdi.
Qabulda kredit ajratish jarayonlarini tezlashtirish, bankomatlar tarmog‘ini kengaytirish, kredit turlari, yangi kredit mahsulotlari, kredit hisobiga qimmatbaho metallarni sotib olish imkoniyatlari va boshqa qator masalalar muhokama qilindi va tegishli maslahatlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter