«Ipoteka-bank» kreditlari: xususiy sektor vakillariga moliyaviy ko‘mak
«Ipoteka-bank» ATIB tomonidan respublikamizning barcha hududlari qatorida Namangan viloyatida ham ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari, xususiy sektor vakillari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Birgina joriy yil davomida ushbu yo‘nalishga bank tomonidan 556,2 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi. Pirovardida mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi.
Hududdagi tovuq go‘shti va tuxum yetishtirishga mo‘ljallangan «Yoshlik parranda» MChJ ham «Ipoteka-bank» tomonidan ajratilgan 3 mlrd. so‘m imtiyozli kredit evaziga ish faoliyatini yo‘lga qo‘yib oldi. Eng muhimi, mazkur parrandachilik xo‘jaligida 30 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Hozirda MChJ tomonidan xalqimiz dasturxoniga sifatli tuxum va tovuq go‘shti yetkazib berilmoqda.
Viloyatning Davlatobod tumanidagi «Uychi-fods eksport» MChJ ham bankdan olgan 985 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, rivojlantirib bormoqda. Korxona ishga tushishi bilan hudud aholisining 20 nafari doimiy ish joyiga ega bo‘lishdi.
Hozirda bu yerda soatiga 10 tonna yeryong‘oq mahsuloti tozalanib qayta ishlanmoqda. Joriy yil davomida MChJ tomonidan 161.200 AQSh dollarilik mahsulot eksport qilingan.
Hududdagi granit-tosh ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Maks granit» MChJ ham «Ipoteka-bank»dan olgan 484 ming AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit faoliyatini rivojlantirishda katta ko‘mak bo‘ldi.
– Kredit mablag‘lariga uskunalarimizni olib kelganmiz, – deydi korxona rahbari Avaz Mirzajonov. – Hozirgi kunda kredit mablag‘ini olganimiz hisobiga ishchi kuchimiz ikki barobarga, ya’ni 30ta ishchi kuchiga ko‘paydi. Hozirda korxonamizda 7-8 xil turdagi granit tosh mahsulotlar ishlab chiqaryapmiz. Kelgusida ham «Ipoteka-bank» bilan hamkorlikda yanada korxonamizni kengaytirish rejalarimiz bor. Ayni paytda eksportimiz 300-400 ming AQSh dollari bo‘lsa, kelgusida yanada kengaytirish maqsadini oldimizga qo‘yganmiz.
Hozirda korxonada bir kunda tog‘dan olib kelingan 250 kv.metr granit toshini tayyor mahsulot shakliga keltirilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, «Ipoteka-bank» kelayotgan 2022 yilda ham xususiy sektor vakillarining istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlab borishni oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter