«Ipoteka-bank»: kredit to‘lovlari bo‘yicha ma’lumot berildi
«Ipoteka-bank» ATIB Buxoro filiali boshqaruvchisi E.Mansurov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda «Ipoteka-bank» ATIB Buxoro viloyat filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, front ofis, bek ofis, chakana xizmatlar ofis bo‘lim boshliqlari, mas’ul xodimlari, jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etdi.
«Ipoteka-bank» Buxoro filiali boshqaruvchisi E.Mansurov yig‘ilganlar e’tiborini «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonun va prezidentning «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining «Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy Nizom», «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5886-sonli qarori va boshqa hujjatlar ijrosiga qaratdi.
Shuningdek, qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Unda qator takliflar berildi. Jumladan, Kogon shahrida istiqomat qiluvchi harbiy qismda ishlaydigan jismoniy shaxs Nosir G‘afforov tomonidan bankdan mikroqarz «Qalqon» krediti olganligi, barcha harbiy qismlarda oylik maoshi 25 sanadan keyin tushishini inobatga olib, kredit to‘lovlarini oyning 25 sanasida belgilashni so‘radi.
Ushbu savolga «Ipoteka-bank» ATIB Buxoro filiali rahbariyati tomonidan kredit to‘lovlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter