«iPhone X» foydalanuvchilari g‘ashga tegadigan kamchilikdan shikoyat qildi
«Apple» foydalanuvchilari o‘zlarining «iPhone X»laridan shikoyat qilishni boshladi. Bunga qurilmadagi tugmalarning tasodifiy bosilib ketishi natijasida olingan skrinshotlar qurilma xotirasini to‘ldirib yuborayotgani sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Avvalgi «iPhone» qurilmalaridagi ekranni suratga olish uchun smartfonni blokka tushiradigan tugma bilan «Home» tugmasi bosilar edi. «iPhone X»da «Home» tugmasining yo‘qligi sabab, skrinshot uchun foydalanuvchilar blokirovka tugmasi bilan ovozni balandlatuvchi tugmani birgalikda bosishlari lozim. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tugmalar kombinatsiyasi juda sezgir bo‘lib chiqqan.
Natijada smartfon foydalanuvchilari har kuni o‘zlarining sevimli suratlarini saqlab qo‘yish uchun tasodifiy skrinshotlar ummonida adashib qolmaslik yo‘lini qidirish bilan band bo‘lmoqda.
Foydalanuvchilardan biri 1,5 mingta tasodifiy skrinshotlar olinganidan shikoyat qilgan. Afsuski, muammoning yechimi hozircha yo‘q. Ushbu muammo bugun, 4 may kuni «Apple» kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan «iOS 12» versiyasida yechim topishiga umid bildirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter