iPhone 14 Pro sotib olish uchun buyragini sotayotganlar...
Tailand Qizil Xoch donorlik markazining boshqaruvchi direktori Sofon Mekton guyoki iPhone 14 Pro evaziga buyragini sotgan odamlarning suratini qoraladi.
Bu haqda Nextshark portali xabar bermoqda.
«Organlar savdosi taqiqlangan. Bu noqonuniy. Organlarni sotish uchun taklif qilish, ayniqsa iPhone sotib olish maqsadida sotish noo‘rin. Bu axloqiy jihatdan ham noto‘g‘ri», - dedi Mekton.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat Laosdagi Vetnam go‘zallik klinikasida olingan. Suratda qo‘lida iPhone tutgan, tanasi bog‘langan uchta kishi tasvirlangan.
Mazkur surat Laosda hazil mem o‘laroq qabul qilingan, ammo ayrim tailandliklar uni jiddiy qabul qilgani aytilmoqda. Sofon Mekton esa insonlarni o‘limdan so‘ng Qizil Xoch donorlik markaziga donor sifatida yozilishni tavsiya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter