«Iphone» ilinjida: ikki yosh yigit talonchilikda ayblanib ushlandi
Joriy yilning 24-iyun kuni 22 yoshli Nurmuxammad U. ijtimoiy tarmoqdagi saytlardan biriga «Iphone 13 Pro» rusumli telefon sotilishi haqidagi e’lonni joylashtirgan.
Shundan so‘ng, noma’lum shaxslar unga qo‘ng‘iroq qilib, ushbu telefonni 1000 AQSh dollariga sotib olishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ular Mirzo Ulug‘bek tumanida uchrashishga kelishib olganlar.
Uchrashuvda ikki nafar fuqaro Nurmuhammadning qo‘l telefonini tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq uning qo‘lidagi moslamani tortib ololmay, voqea joyidan qochib ketishgan. Tez orada jinoyatchilar qo‘lga olindi. Ular 18 yoshli Bahriddin Sh. va 19 yoshli Bobur Yu. ekanligi aniqlandi.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter