Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iordaniyada davlat to‘ntarishiga urinish: voqealar qanday tus oldi?

Iordaniyada davlat to‘ntarishiga urinish: voqealar qanday tus oldi?

Iordaniya Hoshimiylar qirolligida sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn ishtirok etgan davlat to‘ntarishiga urinish yo‘qqa chiqarildi. Bu haqda «The Washington Post» xabar berdi.

Bundan tashqari, Iordaniya poytaxti Ammonda qirol oilasi a’zosi sherif Hasan bin Zayd va sobiq moliya vaziri Bassam Avadalloh (qirol Abdulla II ning sobiq maslahatchisi) va bir nechta yuqori martabali zobitlar hibsga olingan.

Sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn uy qamog‘iga olinganini ma’lum qilgan.

AQSh  mazkur voqealar tezkorlik bilan reaksiya bildirib, Iordaniyaning amaldagi hukumatini qo‘llashini bildirgan. Davlat departamenti vakili Ned Praysga ko‘ra, qirol Abdulla II «Shtatlarning muhim sherigi» sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring