Iordaniya O‘zbekiston mevalariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi
Iordaniya O‘zbekistonning qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlarini bekor qildi. Bunga O‘zbekiston elchixonasi tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.
«Dunyo» agentligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston ekportyorlaridan gilos, limon, olma, piyoz va sarimsoq piyoz kabi mahsulotlarni Iordaniya bozorida sotish uchun ularni zararkunandalardan tegishli tartibda tozalash talab etiladi.
Endilikda o‘zbek giloslarini Iordaniya hududiga eksport qilish uchun fitosanitariya guvohnomasiga qo‘shimcha tasdiqlovchi band kiritilgan bo‘lib, unga binoan jo‘natma Pseudomonas syringae pv.syringae va Quadraspidiootus pernicious zararkunandalaridandan xoli ekanligini ko‘rsatish hamda -0,5 – +05°C haroratda 20 kun davomiy ravishda muzlatish yetarli hisoblanadi.
Shuningdek, Agentlikka ko‘ra, diplomatiya missiyasi O‘zbekiston tadbirkorlarini yaratilgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalangan holda arab mamlakatlari bozorida munosib o‘rin egallashga chaqirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter