Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iordaniya Isroildan o‘z yerlarini qaytarib olmoqchi

Iordaniya Isroildan o‘z yerlarini qaytarib olmoqchi

Foto: «putidorogi.ru»

Iordaniya qiroli Abdulloh II 24 yil avval imzolagan tinchlik sulhi doirasida Isroilga ijaraga bergan yerni qaytarib olishini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Sabah.com».

Qirolning bu talabi xalqaro miqyosda yangi ziddiyatlarga sabab bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Qirol o‘zining «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida: «al-Baquro va al-G‘amar doimo bizga tegishli bo‘lgan yerlardir. Oslo bitimining ikkita ilovasida belgilangan shartnomani tugatishga qaror qildik. Bu Iordaniya va iordaniyaliklar manfaatiga xizmat qiladi», – degan.

Rasmiy Tel-Aviv bunga qarshi, tomonlarni muzokara stoliga o‘tirishga taklif qilmoqda.

Iordaniya va Isroil 1994 yil 26 oktyabr kuni «Aroba vodiysi bitimi»ni tuzgan edi.

Shundan so‘ng Iordaniya Misrdan keyin Isroil davlat mustaqilligini tan olgan ikkinchi arab davlati bo‘ldi.

Bitimda Baquro va G‘amar yerlari dehqonchilik qilish uchun hamda strategik ahamiyatga ega hudud sifatida 25 yilga Isroilga ijaraga berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring