Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investorlar Telegramni $30 milliardga baholashdi — Durov

Investorlar Telegramni $30 milliardga baholashdi — Durov

Foto: Ulysmedia

Faol foydalanuvchilarimiz soni 900 millionga yetdi, kompaniyaning o‘zi esa shu yildan foydaga chiqishi kutilyapti, dedi Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Financial Timesga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, Telegram jahondagi eng ommalashgan messenjerlardan biriga aylandi va ikki yil avval reklama va premium-obuna yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng «yuz millionlab dollar» daromad keltirmoqda.

«Agar bu yil bo‘lmasa, yanagi yili foydaga chiqishga umid qilamiz», — degandi Durov 2017-yilgi birinchi intervyusida.

U potensial sarmoyadorlar kompaniyani 30 mlrd dollardan ziyodroqqa baholashganini, biroq messenjer sotilmasligini, kelajakda aksiyalarni birlamchi joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini aytib o‘tdi.

«Monetizatsiyaga kirishishimizning asosiy sababi — biz mustaqil bo‘lib qolishni xohlaymiz», — dedi Durov.

Boshqaruv markazi Dubayda joylashgan Telegram jami 50 xodimdan iborat, so‘nggi bir necha yil davomida keng ommalashib, muhim kommunikatsiya vositasiga (jumladan, nizoli hududlarda) aylandi, deb yozmoqda Financial Timesga.

Tanqidchilar platforma «jinoiy faoliyat manbasi, xususan, ekstremistik va terroristik kontent va dezinformatsiya tarqatuvchisi»ligicha qolayotganini ta’kidlab, Kreml Telegramga aloqador yoki ta’sir dastaklariga ega bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda, Durovning o‘zi esa bu da’volarning barchasini noto‘g‘ri, dedi.

Financial Times manbalariga ko‘ra, kompaniya foydaga chiqib, bozor sharoitlari yaxshilangach, Telegram ehtimol AQShda listingga intilishi mumkin.

Durov aksiyalar chiqariladigan maydon va muddatlar haqidagi savollarga javob bermadi, ammo bir nechta variant ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring