Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 41 yoshli xodimi vafot etdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 41 yoshli xodimi vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i Fazlidinxon Dadaxonov bugun, 30 noyabr kuni 41 yoshida vafot etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

«Mas’uliyatli rahbar Fazlidinxon Mahamadixonovich o‘z ishiga fidoyi bo‘lgan haqiqiy kasb egasi sifatida yorqin iz qoldirdi. 2008 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklarida turli lavozimlarda ishlab keldi», deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring