Interpolga yangi rahbar saylandi
Janubiy Koreya vakili — Kim Chon Yan Interpol Bosh assambleyasining 87-sessiyasida tashkilotning yangi rahbari etib saylandi.
Rahbarlikka yana bir nomzod tashkilotning Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan rossiyalik Aleksandr Prokopchuk edi.
Saylovning birinchi turida Kim Chon Yan 60,5 foiz, Aleksandr Prokopchuk 39,5 foiz ovoz to‘pladi.
Yakuniy natija: Kim Chon Yan — 101 ovoz, Prokopchuk — 61 ovoz.
Kim Chon Yan sobiq rahbar Men Xunvey iste’foga chiqqanidan so‘ng tashkilotni vaqtincha boshqarib kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter