Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet jurnalistikasiga bag‘ishlangan trening bo‘lib o‘tmoqda

Internet jurnalistikasiga bag‘ishlangan trening bo‘lib o‘tmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan joriy yilning 25-26-27-aprel kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Yoshlar oromgohi»da hududiy va markaziy OAVlarda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar ishtirokida «Jamoatchilikka axborot yetkazishda an’anaviy va internet jurnalistikasi yutuqlaridan samarali foydalanish» mavzusida seminar tashkil etildi.

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 25-aprel kuni seminar ishtirokchilariga jurnalist va publitsist Karimberdi To‘ramurod «Hududiy nashrlarning bugungi holati: dizayn va marketing yo‘nalishlaridagi muammolar» mavzusida ma’ruza qildi.

Foto: «Xabar.uz»

Tadbirga taklif etilgan mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda hamda xorijda internet jurnalistikasi taraqqiyotining asosiy omillari, onlayn rejimida faoliyat yuritishda jurnalist oldiga qo‘yilgan talablar, mediatuzilma faoliyati samaradorligini oshirishda talab etiladigan asosiy omillar, global mediamonopoliyalar  sharoitida davlat imijini shakllantirish, xalqaro jamoatchilik va boshqalar xususida ma’lumot berildi.

Ertaga «Jamoatchilikka axborot yetkazishda an’anaviy va internet jurnalistikasi yutuqlaridan samarali foydalanish», «Davlat dasturlarini amalga oshirishda jamoat nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari», 27-aprel kuni esa «Bosma OAV va internet tarmog‘i orqali O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring