Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insult — kambag‘allar kasalligi va u ko‘paymoqda

Insult — kambag‘allar kasalligi va u ko‘paymoqda

Illyustrativ foto

Oklend texnologiya universiteti hamda Vashington universiteti qoshidagi Salomatlik ko‘rsatkichlari va baholash instituti tadqiqotchilari jahonda insultga chalinish holatlari oshganini qayd etishdi. Tadqiqot natijalari The Lancet Neurology jurnalida e’lon qilindi.

1990-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davrda insultni boshdan o‘tkazgan odamlar soni 70 foizga oshgan, insult bilan bog‘liq o‘lim holatlari esa 44 foizga o‘sgan. Insult 2021 yilda o‘limga sabab bo‘lgan omillar orasida yurak ishemik kasalliklari va COVID-19dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallagan.

Insultning ko‘payishi sayyoramiz aholisining qarishi hamda oldini olish mumkin bo‘lgan xavflarning ta’siri oshgani bilan izohlanmoqda.

Tadqiqotchilar 1990–2021-yillarni qamrab olgan Kasalliklar yuki global tadqiqoti (GBD) ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Tana yuqori massasi indeksi, qon bosimi, qondagi shakar miqdori va havo ifloslanishining ta’siri kabi xatarli omillarning ta’siri o‘rganildi.

Yoshga qarab standartlashtirilgan kasallik va o‘lim ko‘rsatkichlari mintaqalar o‘rtasidagi tafovutni ham ko‘rsatdi: aholisining daromadi past yoki o‘rtacha mamlakatlarda insultning ulushi sezilarli darajada yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring