Institut kafedra mudirining buzilgan huquqi tiklandi
Unga institutdan 24 mln. 155 ming so‘m ish haqi to‘liq undirib berildi.
Jizzax politexnika institutining 2023 yil 3 maydagi buyrug‘i bilan P.K.ning mehnat shartnomasi bekor qilinib, ishdan bo‘shatilgandi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudi ushbu buyruqni bekor qilib, jabrlanuvchini Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va 0.25 stavka ishlovchi assistent vazifasiga ishga tiklash hamda institutdan 24 mln. 155 ming so‘m ish haqi undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi. Ijro varaqasi esa Majburiy ijro byuroning Jizzax shahar bo‘limiga kelib tushdi.
Davlat ijrochisining ijro harakatlari natijasida fuqaro P.K. Jizzax politexnika institutiga Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va 0.25 stavka ishlovchi assistent vazifasiga ishga tiklanib, institutdan 24 mln. 155 ming so‘m ish haqi to‘liq undirib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter