Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram»ning eng mashhur postlari aniqlandi

«Instagram»ning eng mashhur postlari aniqlandi

Foto: «News.obozrevatel.com»

Tahlilchilar 2020-yilda «Instagram»da joylashtirilgan eng ommabop xabarlarni sanab o‘tdilar. Bu haqda «Billboard» portali xabar bermoqda.

Eng ko‘p foydalanuvchilar futbolchi Krishtianu Ronalduning 2020 yil noyabr oyida vafot etgan afsonaviy hamkasbi Diyego Maradona bilan birga tushgan suratini baholashgan. Muxlislar surat ostiga qariyb 20 millionta layk bosishgan.

Ikkinchi o‘rinni aktyor Chedvik Bouzmanning sahifasidagi post egalladi. Unda yulduzning 43 yoshida saraton kasalligidan vafot etganligi haqida xabar qoldirilgan. Mazkur xabarni yoqtirganlar soni 19,1 milliondan oshdi.

Ommabopligi borasida uchinchi o‘rin «Barselona» futbolchisi Lionel Messining xabariga nasib etdi. U ham Ronaldu singari Maradona bilan birga tushgan rasmini joylashtirdi. Xabarni qariyb 16,4 million kishi yuqori baholashgan.

To‘rtinchi o‘rinni model Kayli Jenner olgan surat egalladi: Travis Skott va qizi Stormi tushgan fotosurat qariyb 16 million layk to‘plagan.

Basketbolchi Lebron Jeyms kuchli beshlikdan joy oldi. Uning sportchi Kobi Brayante xotirasiga atab qoldirgan posti ijtimoiy tarmoqning 15,4 million foydalanuvchisi tomonidan baholangan.

Shuningdek, o‘nta eng ommabop postlar ro‘yxatiga Ariana Grande, shuningdek, yana Krishtianu Ronaldu va Kayli Jennerlar kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring