«Instagram»dagi haqorat o‘quvchi qizlarning ko‘cha janjaliga aylandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi maktab o‘quvchi qizlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal videosi tarqaldi. Sirdaryo viloyati IIB holatga munosabat bildirib, videodagi qizlarning shaxsi aniqlanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, videoda bir necha qiz janjallashayotgani tasvirlangan, yigitlar esa holatni telefonda videoga olib turgan. Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan barcha voqea qatnashchilari aniqlanib, surishtiruv ishlari olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Guliston shahridagi 4, 5 va 18-sonli umumta’lim maktablarining o‘quvchi qizlari Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali bir-birini haqorat qilgani natijasida janjal kelib chiqqan. Ikki nafar yigit esa ularning janjalini videoga olib, Telegram orqali tarqatib yuborgan.
Hozirda holat bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Qizlarning ota-onalari farzandlari tarbiyasiga yetarli darajada e’tibor bermaganliklarini tan olib, uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter