Inson huquqlari bo‘yicha 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiya qabul qilinadi

Prezidentning tegishli farmoni loyihasiga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan Milliy strategiyasi qabul qilinadi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanadi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyaning asosiy vazifalari mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini, O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda inson huquqlari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish hisoblanadi.
Milliy strategiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari etib:
- Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish;
- Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlarni himoya qilish;
- Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalari huquqlarini himoya qilish;
- Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirish;
- Inson huquqlari sohasidagi ta’lim faoliyati samaradorligini oshirish;
- Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyaning chora-tadbirlari «Yo‘l xaritasi»da belgilangan manbalarga muvofiq tashkilotlarning budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‘lari, grantlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter