Inqiroz-2021: kelayotgan yil so‘nggi 75 yildagi eng og‘iri bo‘lishi mumkin
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insoniyat 2021-yilda ulkan gumanitar inqirozga duchor kelishidan xavotirini bildirdi. So‘nggi 75 yildagi eng ulkan inqiroz! Bundan BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli ogohlantirmoqda.
BMT vakili so‘zining isboti sifatida quyidagi raqamlarni keltirdi: oxirgi to‘rt yilda qurolli nizolar va koronavirus pandemiyasi tufayli ochlikdan qiynalayotganlar soni 80 milliondan 270 million nafargacha ko‘paygan! Tashkilot yordam uchun 19 trillion dollar sarflagan. 2021-yilda buncha pul bo‘lmasligi mumkin, oldinda iqtisodiy pasayish kutyapti bizni, ta’kidladi Bizli.
Direktor Bizli yetarli mablag‘ to‘plangan taqdirdagina bashariyat gumanitar inqirozni chetlab o‘tishi mumkinligiga urg‘u berdi. Buning uchun davlat rahbarlari barqarorlikni izdan chiqaruvchi muammolar, ochlik va migratsiya masalalarini hal etishga yanada diqqatliroq bo‘lishlari talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter