Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Innovatsiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Innovatsiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Innovatsiya vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra, Nazarov Azimjon Soatmurod o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Azimjon Nazarov bunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Tadqiqotlar va iqtisodiyot real sektoriga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.

42 yoshli vazir o‘rinbosari 1997-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish injenerlar institutini va 2000-yili AQShning Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universitetini tamomlagan. Davlatlararo koordinatsion suv xo‘jaligi komissiyasining ilmiy-axborot markazida faoliyat yuritgan. Shuningdek, taxminan 10 yil davomida qishloq va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy xavfsizlik, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy qilish, institutsional tuzilish va shu kabi boshqa tarmoqlarda professional xizmatlarni taqdim etuvchi «Nazar Buisness and Technology» xususiy konsalting kompaniyasini boshqargan.

Innovatsiya vazirligidagi faoliyati davomida ko‘plab loyihalarga mas’ul bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring