Innovatsiya markazi ko‘magida mahalliy IT-kompaniyalar xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» markazi ko‘magida yurtimizdagi IT-kompaniyalar Hindistonning nufuzli «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.
2018-yilning 24—25-yanvar kunlari Bangalor shahrida Hindiston savdo va ishlab chiqarish vazirligi tomonidan tashkil qilinayotgan xalqaro dasturiy ta’minot mahsulotlari ko‘rgazmasida 36 mamlakatdan 100dan ziyod delegatsiyaning, axborot texnologiyalari sohasidagi 200ga yaqin yetakchi ishlab chiqaruvchilarning ishtiroki kutilmoqda.
Ko‘rgazmada kompaniyalar mehmonxona biznesi, turizm, media, elektron hukumat, logistika va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan ishlanmalari bilan qatnashadilar.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi tomonidan bu yo‘nalishlarda eng yaxshi ilova hamda dasturiy ta’minotlarni taklif qilayotgan mahalliy kompaniyalarga ko‘rgazmada qatnashish uchun amaliy yordam beriladi, shuningdek, ularning aviachipta xarajatlari qoplanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter