Innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Kecha, 25-aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirining BMT hamkorlik missiyasi va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. BMTning «MAPS» hamkorlik missiyasi tarkibiga yuqori malakali mutaxassislar Alisher Rajabov (Jahon banki), Mixail Pelyax (BMTRD), Farid Qoraxonov (BMTRD) va Irakli Kotetishvillilar kirdi.
Shermatov ayni damda O‘zbekiston hukumati zamonaviy va rivojlangan innovatsion ekotizimni shakllantirishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish borasida fikr almashdilar va ushbu xujjat loyihasini yaratishdagi konseptual yo‘llar bilan tanishtirildilar. Xalqaro missiya vakillari barqaror rivojlanish maqsadiga (BRM) erishishning muhimligi va innovatsion rivojlanish strategiyasi maqsadlarining BRM bilan ehtimoliy integratsiyalashuvini ta’kidladilar.
O‘z navbatida Sherzod Shermatov global innovatsion indeks (GII) strategiyaning amalga oshirilishini baholovchi eng samarali vositalardan biri ekanini aytib o‘tdi. Bunga sabab GII innovatsion rivojlanishning xalqaro tan olingan indeksi hisoblanib, har bir yo‘nalish bo‘yicha innovatsion faoliyatning yakuniy baxosini shakllantirrishda ko‘p tarmoqli yondashuvni aks ettiradi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra, ikki tomon ham manfaatli hamkorlik qilish istagini bildirdi va ish tartibida mamlakatning innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qiliga kelishib oldilar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter