Toshkent shahridagi Inha universiteti Quyichirchiq tumanida nogironligi bo‘lgan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatdi
Muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilish va yordam ko‘rsatish O‘zbekiston xalqiga xos an’anaviy qadriyatlardan. Ular insonlar yuragi, madaniyati, dini, axloqi va umuman olganda jamiyatda muhim o‘rin egallaydi. Aynan shu fazilatlar inson taqdiri va uning kelgusi hayotini belgilab beradi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti ijtimoiy mas’ul tashkilot sifatida muhtojlarga yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ko‘plab sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
2021-yil 15-oktyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti xodimlari rektor Muzaffar Jalolov boshchiligida universitetga biriktirilgan Toshkent viloyatining Quyichiriq tumanidagi «Shodlik» mahallasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida rektor Toshkent shahridagi Inha universiteti oliy ta’lim sohasidagi asosiy maqsadlaridan tashqari, jamiyat oldida bir qator ijtimoiy majburiyatlarni ham bajarishini ta’kidladi.
Aynan shu maqsadlarni amalga oshirish uchun, Universitet «Shodlik» mahallasining nogironligi bo‘lgan og‘ir ahvoldagi oilalariga moddiy yordam (nogironlik aravachalari) ko‘rsatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter