Inha universiteti bitiruvchilari «O‘zbekneftgaz» AJga ishga olindi
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga binoan, neft va gaz sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida joriy yil Oliy ta’lim muassasalarini bitirgan talabalar korxona va tashkilotlarga ishga taklif qilinmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Jumladan, «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatida xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va buning uchun yosh mutaxassislarni jalb etish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universitetining 8 nafar mutaxassis-bitiruvchilari tanlov asosida ishga qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar davlatimiz taraqqiyoti, xususan «O‘zbekneftgaz» AJ rivoji uchun juda muhim sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter